Bugun O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 25 yilligi hamda «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan o'lkamizning har bir maskanida bayram tantanalari o'tkazilmoqda. Shulardan biri, joriy yilning 12 yanvar sanasida «Yoshlik» talabalar shaharchasi hududida joylashgan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi «Ma'naviyat va ma'rifat» markazi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, Ziyo mahallasi Kengashi hamda ZiyoNET axborot ta'lim tarmog'i bilan hamkorlikda «O'zbekiston Mustaqil Vatanimiz, milliy armiyamiz faxru g'ururimiz!» mavzusida bayram dasturi tashkil qilindi. Unda shaharcha hududida joylashgan Toshkent davlat texnika universiteti xarbiy kafedrasi talaba-yoshlari, kursantlar, ofetserlar ishtirok etishdi.