avatar
Куч
15143.04
Рейтинг
+11779.56

Axmedjanova Kamola Bobir qizi

Мақолалар

Маънавий-маърифий ишлар кўлами кенгаймоқда

"Ёшларга оид давлат сиёсати Дастури" янгиликлари
Қонунчилик
Миллий матбуот марказида Республика Маънавият тарғибот маркази томонидан мамлакатимизда миллий ғоя тарғиботи ва маънавий-маърифий ишлар самарадорлигини ошириш бўйича амалга оширилаётган ишларга бағишланган матбуот анжумани ўтказилди.
 
Республика Маънавият тарғибот маркази раҳбари Қ.Қуронбоев, Ўзбекистон Республикаси маданият ва спорт ишлари вазири ўринбосари Д.Муллажонов, “Жаҳон адабиёти” журнали бош муҳаррири Ш.Ризаев ва бошқалар Президентимиз Ислом Каримов раҳнамолигида истиқлол йилларида миллий маънавиятимизни мустаҳкамлаш, уни замон талаблари асосида ривожлантириш, навқирон авлодни Ватанга муҳаббат, истиқлол ғояларига садоқат руҳида тарбиялаш бўйича кенг кўламли ишлар амалга оширилаётганини таъкидлади.

Соғлом фикр – соғлом келажак асоси

"Ёшларга оид давлат сиёсати Дастури" янгиликлари
Қонунчилик
Мамлакатимизда соғлом турмуш тарзини қарор топтириш, аҳоли саломатлигини муҳофаза қилиш, тиббий маданиятни ошириш, ёшларни баркамол этиб тарбиялашга алоҳида эътибор қаратилмоқда.

Пойтахтимиздаги Болалар санъат ва ижод марказида “Камолот” ёшлар ижтимоий ҳаракати Тошкент шаҳар бўлими томонидан «Биз соғлом турмуш тарзи тарафдоримиз» шиори остида ўтказилган акцияда бу эзгу мақсадлар яққол намоён бўлди.

“Менинг дўппим” лойихаси асосида миллий хунармандчилик республика кўргазмаси

Mansur Yunus
Ҳар қандай миллатнинг тикланиши ва ривожланиши –
бу умумжаҳон маданий ва иқтисодий тараққиётга
муносиб ҳиссадир

 
2015 йил 25 июль куни соат 11:00 да Ўзбекистон “Миллий тикланиш” демократик партияси  Қорақолпоғистон Республикаси кенгаши, Ўзбекистон “Миллий тикланиш” демократик партияси Тошкент шаҳар ҳамда  Яккасарой, Миробод туман кенгашлари, “Артанг” хусусий корхонаси, “Орзу” сити центр, “Вистерин” реклама агентлиги билан ҳамкорликда “Менинг дўппим” лойихаси асосида миллий хунармандчилик республика кўргазмаситашкил этилди.

Соғлом ёшлар – юрт пойдевори

Mansur Yunus
ЎзМТДП Бектемир туман Кенгаши, “Ёшлар қаноти”, Бектемир туман “Маданият ва спорт ишлари” бўлими,  “Маҳалла” хайрия жамоат фонди Бектемир  туман бўлими  ва “Kamolot” ЁИҲ туман кенгаши билан  ҳамкорликда Бектемир туманида жойлашган “Қуёшча нури” истироҳат боғида “Халқ миллий ўйинлари” лойиҳаси доирасида “Соғлом ёшлар – юрт пойдевори”мавзусидатадбир бўлиб ўтди.

Давлат рамзлари – миллатимиз фахри

Mansur Yunus
“Давлат  рамзлари – миллатимиз фахри” лойиҳаси доирасида 2 июль – Ўзбекистон  Республикаси давлат герби  тасдиқланган кун муносабати билан “Давлат  рамзлари – фахримиз, ғуруримиз”мавзусида 2015 йил 2 июлъ куни соат 12:00да 16-оилавий поликлиниканинг мажлислар залида тадбир бўлиб ўтди. 74  нафар. Тадбирда ЎзМТДП “Ёшлик” талабалар шаҳарчаси  кенгаши партия фаолари, 16-оилавий поликлиникаси  ходимлари иштирок этишди.

Jorj Vashingtonni qanday qilib zaharlashga uringanlar?

Qiziqarli faktlar!
Жамият
15 asrning oxirlarida yevropaliklar o’zlari tomonidan kashf qilingan, keyinchalik Amerika nomini olgan kontinentga ko’chib borishni boshlaganlar. Mahalliy aholi ularga uncha katta bo’lmagan bargli va yorqin qizil tusga ega bo’lgan hosilni ko’rsatganlar. Hindular ularni “tomal” deb nomlashgan. Aynan shu iboradan bizga tanish bo’lgan “tomat” so’zi kelib chiqqan.

Umuman olganda, Yevropada ushbu hech uchratilmagan hosil boshqa nomlar bilan ham atalgan – “pomidor”, fransuz tilidan tarjima qilinganda “muhabbat olmasi” degan ma’noni bildiradi. Qizig’i shundaki, hindular o’zlari taomlarga tomatni qo’shishmagan, bundan tashqari uni zaharli deb hisoblaganlar. Yevropada ham u darhol stol ustiga qo’yilmagan. 19 asrlarda ham Germaniyada pomidorni tuvaklarda uy o’simligi sifatida o’stirganlar. Ko’p mamlakatlarda, shu jumladan Rossiyada ham pomidorni oranjereyalarda dekor o’simlik sifatida ko’rish mumkin bo’lgan. Ushbu hosilning zaharli ekanligi haqidagi afsona uzoq yashovchi bo’lib chiqdi.

Онажоним

Mansur Yunus
Менга ҳаёт бағишлаб, меҳрини бериб,
Кўз очиб кўрганим онажонимсиз.
Тунлари тонг қадар аллалар айтган,
Оқ ювиб, тараган жонажонимсиз.
 
Ўзингиз емай ҳам, менга илиниб,
Аҳволим ҳақида ўйлайсиз доим.
Онажон меҳрингиз осмонларга тенг,
Унда яшамоқда, қуёшим, ойим.

Қайтар дунё

Mansur Yunus
Ҳаёт тез ўтади оқар сув каби,
Умрингиз беҳуда ўтиб кетмасин.
Бировга яхшилик қилолмасанг гар,
Ёмонлик қилишни ният қилмагин.
 
Ўйлаб қил савоб-у гуноҳларингни,
Ҳеч бир иш жавобсиз қолмагай асло.
Нимаки, қилсанг бари қайтади,
 
Қайтар дунё эрур, бу қайтар дунё.

Тумор

Mansur Yunus
Қўли қадоқ сени боқди меҳнат билан,
Ота-онанг меҳр берди ибрат билан,
Ҳар қадамда дуо қилди ҳикмат билан,
Фарзанд бўлиб хизмат қилгин волиданга.
 
Кечалари алла айтган бўлиб бедор,
Нуридийдам, умидим деб онаизор,
Волида-ю, падаринга қил эътибор,
 
Дуоларинг ҳаётингда бўлгай тумор.

Умр баҳоси

Mansur Yunus
Умр дарёсининг ортидан шошиб,
Тўхтамайди соат миллари.
Бу кўнгилга ғулғула солган,
Тўхтатолсам қани йилларни.
 
Тангридан бизга берилар умр,
Неъматлар ичинда танҳо, аълоси.
Азизларим ҳаётнинг қадрига етинг,
 
Асло топилмайди умр баҳоси.

Армон

Mansur Yunus
Инсон борки бўларкан армон,
Дилга озор бераркан ёмон,
Йиллар ўтса, ўтсада замон,
Армон дилда мангу қоларкан.
 
Орзулар ҳам сароб бўлганда,
Юрак қайғу, ғамга тўлганда,
Умид гули буткул сўлганда,
Армон қалбни дардга соларкан.

Pochta markalari qachon paydo bo’lgan?

Qiziqarli faktlar!
Жамият

Ilk pochta markasi 175 yil avval — 1840 yilning 6 mayida Angliyada paydo bo’lgan. Gap aynan konvertga yopishtiriladigan marka haqida ketyapdi. Avvallari turli mamlakatlarda boj va soliq to’langanligini bildiruvchi gerbli markalardan foydalanilgan.
 
Pochta markalarini pochta to’lovi sifatida muomalaga qo’yishni Angliyalik asronomiya o’qituvchisi Roulend Xill taklif qilgan. Uning maslahatiga ko’ra pochta idoralari “Kattaligi jihatidan bir parcha keladigan va ort tomoni yelim moddasi bilan qoplangan qog’ozni” muomalaga qo’yganlar.

Badavlat angliyalikning boyligini qanday qilib bo’lganlar?

Qiziqarli faktlar!
Жамият
1798 yilda Suffolk grafligining Ekton ingliz shaharchasida Angliyadagi eng badavlat inson hisoblangan Uilyam Jennens vafot etdi. O’sha vaqtlarda mr. Jennesning mol-mulkini 2 000 000 funt sterling deb baholandi — 18 asr so’nggi uchun bu kata mablag’ hisoblangan.

Millioner vafoti vaqtida yoshi 97 edi, lekin boyligi to’g’ridan-to'g'ri me'ros bo'lib qoluvchi insoni yo’q edi, shuncha yillik hayoti davomida Uilyam Jennens na uylandi, na farzandli bo’ldi. O’z hayot tarsi bilan Gogolning asaridagi Plyushkinni eslatardi: 1708 yilda otasi olib bergan uyda yashar, ota-onasidan qolgan mebeldan butun umr foydalangan, uyni tuzatishga pul sarflamagan, uning xizmatkorlari esa podvalning xonalarida yashashgan. Gogolning asaridagi qaxramon kabi muhmon kutishni yoqtirmagan va o’zi ham hech kimnikiga mehmonga bormagan.

Psixologiyaga oid faktlar

Qiziqarli faktlar!
Жамият
Yaxshi baholar yomon baholarga nisbatan esda yaxshi qoladi. “A’lo” (5) baho 89% hollarda esda saqlab qolinadi, “Qoniqarli” (3) baho esa 29% hollarda esda qoladi.  Shuning uchun ko`pchilik odamlar o`zlarining  yoshlikdagi yomon baholarini eslay olmaydilar va yaxshi o`qiganliklarini eslab yurishadi.


Qora rangdagi forma kiyib olgan jamoalar hakam tomonidan ko`proq jazolanadilar. Bu MXL va MFL larning ko`pyillik statistikalari asosida tasdiqlangan.

O'zbekiston tarixidan faktlar (davomi)

Qiziqarli faktlar!
Жамият
O’rta Osiyoda ilk shoyi ishlab chiqaruvchi korxona 1868 yil Toshkentda savdogar I.I.Pervushin tomonidan qurilgan.
  
Turkiston gullarining ilk ko’rgazmasi 1888 yilning 15 mayida Toshkentda ochildi. Ko’rgazmada bog’ gllari bilan bir qatorda vohada yetishtirilgan o’simliklarning ham ko’rgazmaga qo’yilgan.
 
1870 yilning 10 mayida “Turkiston vedomosti” gazetasining ilk rasmiy nashri chiqarildi.M.Ulug’bek nomidagi istirohat bog’i (avvalgi Telman) XIX asrlarda xususiy tadbirkor Fridrix Dyushmitga qarashli bo’lgan bog’ ornida barpo etilgan

Xalqaro Yoga kuni 2015

Блог им. kamolka
2015 yilning 21 iyun kuni soat 7.30 dan 09:30 gacha «Bunyodkor» stadionida xalqaro yoga kunini nishonlash munosabati bilan 2 soatlik yoga mashg’ulotlari o’tkaziladi.
Stadionda gazon ustida, toza havoda, nilufar (lotus) holatida tik gavda bilan o’tirganlar soni ancha katta miqdorni tashkil etdi. Toshkent shahrida turli meditatsiya yo’nalishlariga qiziquvchilar ko’pni tashkil etadi va ushbu kunda yeg’ilganlar ularning kam qismini tashkil etgani aniq.

Internet xavfsizligi va internet madaniyati: muammo va yechimlar

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Илм-фан
 
2015 yilning 18 iyun kuni O'zLiDeP Toshkebt shahar kengashi tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tashkil etilgan «Yoshlarda xavfsiz internet madaniyatini shakllantirishning dolzarb masalalari» mavzusida o'tkazilgan davra suxbati bo'lib o'tdi.

uRadio.uz internet radiosi ishga tushdi

Ziyonet portalidagi yangiliklar
Bugun tarixiy sana bo'lib muhrlanadigan kun. 10 iyun kuni Uzinfocom markazining loyihalaridan biri ZiyoNET ta’lim portalining ZNFM onlayn radiosi ish faoliyatini boshladi va bugun ilk efir eshittirishi amalga oshirildi.
uRadio.uz – loyihasi FM-stansiyalaridan holi bo’lgan ilk mustaqil ish faoliyatini olib boruvchi Internet tarmog’idagi Uznet onlayn radiosi hisoblanadi. uRadio ikki yo’nalishda ish faoliyatnin olib boradi: ZNFM va GOVUZFM o’zbek va rus tillarida.

O'zbekiston tarixidan faktlar

Qiziqarli faktlar!
Жамият


  • Iskandar Zulqarnayning birinchi harbiy otryadi e.av. 329 yil O’rta Osiyoga keldi va shu yilning o’zida katta hujum bilan Sug’diyona poytaxti – Maroqand (Samarqand)ni qo’lga kiritdilar.
  • O’rta Osiyo haqidagi ilk katografik materiallar — o’zining “Geografiya” asarida keltirib o’tgan qadim grek geograf va katografi Klavdiy Ptolomey (II asr)ga tegishlidir.